13-14-martda respublikada yogʻingarchilik (yomgʻir, 14-martga oʻtar kechasi qorga aylanadi), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida 13-martda qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.
14-15-martda harorat kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq-3° iliqgacha, Qoraqalpogʻistonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.
13-14-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.