Mamlakatimiz taʼlim darajasi indikatori boʻyicha 0.990 ball, sogʻliqni saqlash indikatori boʻyicha 0.959 ball bilan yaxshi natija qayd etdi.
Barcha subindekslar uchun mumkin boʻlgan eng yuqori ball – 1 (gender tenglik) va eng past ball – 0 (nomutanosiblik) hisoblanadi.
Maʼlumot uchun: Gender tafovut indeksi mamlakatlarni toʻrtta asosiy indikator – sogʻliqni saqlash, taʼlim, iqtisod va siyosat boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tafovutni oʻrganadi va mamlakatdagi gender tengligi holatini baholaydi.