Bunda, qishloq hoʻjaligi YaIMning 25 foizini, xizmatlar 35,7 foizini, sanoat 25,8 foizini, qurilish 6,2 foizini va eksport import mahsulotlariga sof soliqlar 7,2 foizini tashkil etdi.

Bundan tashqari, yalpi qoʻshilgan qiymat 2021-yilda 7,5 foizga koʻpayib, 681,4 trln. soʻmni tashkil qildi. Oʻtgan yili iqtisodiy oʻsishning asosiy drayverlari sanoat va xizmatlar sohasi boʻlib, mos ravishda 9,2 va 8,7 foizga oʻsgan.

2021-yil yanvar-dekabr holatiga koʻra Oʻzbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari 2020-yilga nisbatan 33,8 foizga ortib, 8,1 mlrd. dollarga yetdi, deyiladi Moliya vazirligi hisobotida.