“Dunyo“ AAning xabar berishicha, suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Qishloq xoʻjaligi, IKT, farmatsevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalarini istiqbolli yoʻnalishlar sifatida qayd etildi.
Uchrashuv soʻnggida Irlandiya tomoni Oʻzbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish yoʻlidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.









