Avtomobil gʻildiraklarini qisqa vaqt ichida almashtirish boʻyicha oʻtkazilgan final bellashuvida Rossiya, Belarus, Oʻzbekiston, Eron va Qatar jamoalari birinchilik uchun kurashdi. Hakamning ishorasiga koʻra, ishtirokchilar avariyaviy toʻxtash belgisini avtomobildan 15 metr uzoqlikka oʻrnatgan va orqa chap gʻildirakni almashitirishga kirishgan. Hakamlar kollegiyasi yukxonaga joylangan uskunlarning toʻgʻriligi va tartibini baholab borgan.
Shunday qilib, yakuniy natijalarga koʻra, 2020-yilgi Xalqaro armiya oʻyinlarining mazkur yoʻnalishida birinchilikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston jamoasi joriy yilda 3-oʻrinni egalladi. Musoboqa birinchiligi Rossiya jamoasiga nasib etgan boʻlsa, shohsupadagi 2-oʻrinni Belarus jamoasi band etdi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.