Oʻzbekiston kamonchilari Osiyo kubogida gʻoliblar qatorida

    Sport 26 Fevral 2024 845

    Iroqning Bagʻdod shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining birinchi bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

    Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, qitʼamizning sara merganlari ishtirokida kechgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatnashdi va sportchilarimiz barcha dasturlarda shohsupaga koʻtarildi.

    Qizlarimiz jamoaviy dasturda finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bosqichda hindistonlik raqibalariga imkoniyatni boy berdi va kumush medallar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, yigitlarimiz jamoaviy, Amirxon Sodiqov va Nilufar Hamroyeva yakkalik, Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova mikst dasturida bronza medallariga ega chiqdi.

    Shu tariqa, kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yilning ilk turnirini 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.