Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi maʼlumotiga koʻra, mazkur olimpiadada toʻrt nafar iqtidorli yoshlardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi  ham ishtirok  etadi.

28-avgust – 4-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Dilyorbek Valijonov, Toshkent shahridagi Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Dilshodbek Xoʻjayev, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi  Asilbek Sunnatov va Toshkent shahridagi "Profi School" maktabi 11-sinf oʻquvchisi Otabek Joʻrabekov himoya qiladi.