“Hilton” mehmonxonasida Xalqaro aralash jang sanʼatlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun, tashkilot bosh ijrochi direktori Densin Uayt va Osiyo qitʼasi direktori Vissam Abi Nader ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari Shaxrillo Mahmudov, Mudofaa vaziri o'rinbosari Alisher Norbayev va MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Sherzod Toshmatov ham ishtirok etdi.

Anjuman davomida 2024-yilda Oʻzbekistonda ilk bor MMA boʻyicha havaskorlar oʻrtasida Jahon chempionati oʻtkazilishi rasman eʼlon qilindi. Qayd etish lozimki, bunday musobaqa Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etiladi.