Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi yana faoliyatini boshladi

    Madaniyat 7 Sentabr 2020 3358

    AOKA tasarrufidagi Alisher Navoiy nomli Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bugun, 7-sentyabr soat 10:00dan eʼtiboran yana faoliyatini davom ettirmoqda.

    Milliy kutubxonada karantin hamda sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda bosqichma-bosqich kitobxonlarga xizmat koʻrsatiladi.

    “Ilm” dissertatsiyalar zali – magistr, ilmiy tadqiqotchilar, fan nomzodlari, doktor, professor va akademiklarga - bir vaqtning oʻzida 15 ta kitobxon uchun;

    “Nodir” noyob manbalar zali – ilmiy tadqiqotchilarga - bir vaqtning oʻzida 10 ta kitobxon uchun;

    “Jahon” xorijiy adabiyotlar zali – xorijiy tillarni oʻrganuvchi barchaga - bir vaqtning oʻzida 25 ta kitobxon uchun xizmat koʻrsatadi.

    Kutubxonaga kelish istagida boʻlgan kitobxonlar 71 232-83-94 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, oʻquv zali va kelish vaqtini oldindan qayd ettirishlari lozim.

    Batafsil maʼlumotlar bilan https://t.me/natlibuz telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.