“Oʻzarxiv”dagi 1917-yilgacha boʻlgan davrga tegishli hujjatlardan 56 ta yigʻmajild maxfiylikdan chiqarildi

    Bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday toʻsiqsiz foydalanishlari mumkin.

    Oʻzbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917-yilgacha) arxiv hujjatlaridan 56 ta yigʻmajild oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qildi.

    Arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yigʻmajild oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.

    Jumladan, I-1 “Kanselyariya Turkestanskogo general gubernatora” (1868-1917y.) fondining 26-ta:

    • I-3 “Rossiyskoye imperatorskoye politicheskoye agentstvo v Buxare”;
    • I-5 “Kanselyariya nachalnika Zeravshanskogo okruga”;
    • I-16 “Upravleniye pereselencheskim delom v Sыr-Darinskom rayone”;
    • I-19 “Ferganskoye oblastnoye upravleniye”, I-46 “Upravleniye Turkestanskogo tamojennogo okruga»;
    • I-194 “Patta Gisarskaya tamojnya”, I-278 “Tovariщ prokurora Samarkandskogo okrujnogo suda po Samarkandskomu uchastku»;
    • I-715 “Podgotovitelnыye materialы k sostavlennoy polkovnikom A.G.Serebrennikovыm publikatsii dokumentov «Turkestanskiy kray. Sbornik materialov dlya istorii yego zavoyevaniya”;
    • I-722 “Shtab Turkestanskogo voyennogo okruga” fondlaridagi 56 ta yigʻmajildlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi va tadqiqotchilar uchun ilmiy muomilaga kiritildi.

    Shuningdek, R-314 “Upolnomochennыy upravleniya po evakuatsii naseleniya pri Sovete Narodnыx Komissarov UzSSR” fondi

    va R-837 “Sovet Narodnыx Komissarov UzSSR” fondlarining 603 ta varaqdan iborat arxiv hujjatlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.

    Bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday toʻsiqsiz foydalanishlari mumkin.