Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Bahslar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etilgan:

Darvozabonlar — Abduvohid Nematov («Nasaf«), Botirali Ergashev («Neftchi«), Vladimir Nazarov («Paxtakor«).

Himoyachilar — Rustam Ashurmatov («Istiqlol«, Eron), Sherzod Nasrullayev («Nasaf«), Farrux Sayfiyev («Neftchi«), Muxammadqodir Hamroaliyev («Paxtakor«), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor«), Alibek Davronov («Nasaf«), Jahongir Oʻrozov («Dinamo«), Odil Abdumajidov («Shoʻrtan«), Dilshod Saytov («Paxtakor«).

Yarim himoyachilar — Akmal Mozgovoy («Baniyas«, BAA), Abdurauf Boʻriyev («Paxtakor«), Odil Hamrobekov («Traktor«, Eron), Aziz Gʻaniyev («Al-Batayex«, BAA), Umarali Rahmonaliyev («Sabah«, Ozarbayjon), Hojimat Erkinov («Paxtakor«), Otabek Shukurov («Baniyas«, BAA), Jamshid Iskanderov («Neftchi«), Oston Oʻrunov («Persepolis«, Eron), Abbosbek Fayzullayev («Bashakshexir«, Turkiya), Nodir Abdurazzoqov («OKMK«), Anvar Hojimirzayev («Dinamo«).

Hujumchilar — Rustam Turdimurodov («Surxon«), Igor Sergeyev («Paxtakor«), Eldor Shomurodov («Bashakshexir«, Turkiya).