Oʻzbekiston mis mahsulotlari AQSH va Meksikaga eksport qilina boshladi

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar fevral holati boʻyicha deyarli 82 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 101,3 foizga bajarilgan.

    Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak 7,3 ming tonna mis mahsulotlari, 4,6 ming tonna rux metali, 132 tonna molibden mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlar xorijlik isteʼmolchilarga yuborildi.

    Kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymokda. Jumladan, 2023-yilda mis mahsulotlari eksportida yangi bozorlar – AQSH, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar oʻzlashtirildi.