Oʻzbekiston Ochiq gender maʼlumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi

    Ijtimoiy hayot 27 Dekabr 2023 611

    Open Data Watch tashkilotining soʻnggi hisobotida Oʻzbekiston Ochiq gender maʼlumotlari indeksida 69,7 ball toʻplagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.

    Gender maʼlumotlari indeksi butun dunyo boʻylab gender maʼlumotlarining mavjudligi va ochiqligini baholaydi. Indeks 35 ta statistik toifadagi 11 ta koʻrsatkichning mavjudligiga asoslanadi.

    Shuningdek, mamlakatimizda gender statistikasini yuritish boʻyicha Statistika agentligi vakolatli organ boʻlib, agentlikda gender statistikasini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha alohida boʻlinma tashkil etilgan. Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha boʻlimlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.