Koʻrgazma dunyodagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini oʻz atrofiga birlashtirishi bilan eʼtibor qozongan.
“Gulf Food-2022”da Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat Oʻzbekiston milliy uslubda bezatilgan alohida pavilyoni bilan ishtirok etmoqda. Koʻrgazmada Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) huzuridagi Eksportga koʻmaklashish agentligi, ITSVning BAAdagi vakolatxonasi hamda mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi koʻmagida 20 dan ortiq kompaniya va korxona oʻz mahsulotlarini namoyish etayotir.
Taʼkidlash kerakki, mamlakatimiz pavilyoni peshtaxtalaridan joy olgan oziq-ovqat mahsulotlariga koʻrgazma tashkilotchilari hamda dunyoning turli burchaklaridan kelgan salohiyatli xaridorlar tomonidan katta qiziqish uygʻotmoqda.
Ushbu xalqaro tadbir doirasida xorijiy hamkorlar bilan qator shartnomalarni imzolash rejalashtirilgan.