Jamoa 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor boʻldi.
Chempionatda Aziz Otaxoʻjayev, Marjona Pardaboyeva, Odina Hamdamova, Ruxshona Yoqubova, Aziza Qosimova, Bunyod Hayitmuhammedov, Ogʻabek Xudoyberganov va Fotima Saipova oʻz yoʻnalishlarida oltin medalga ega chiqdi.
Turli yoʻnalishlarda bahslarga kirishgan Zarifa Moʻminova, Bahodir Odinayev, Shahnoza Hakimova, Jasur Ilhomov, Marjona Pardaboyeva, Fotima Haydarova kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Saidjabbor Dadaxonov, Jasur Ilhomov, Bunyod Hayitmuhammedov va Toʻlqin Ravshanov kabi para velosportchilarimiz bronza medali bilan taqdirlandi.
Maʼlumot oʻrnida: 2024-yil Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza, jami 19 ta medal jamgʻargan para velosportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagan edi.