Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha oʻz tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi!

Parij shahrida yozgi Paralimpiya oʻyinlari yakuniga yetmagan boʻlsada, Oʻzbekiston delegatsiyasi ayni paytning oʻzidayoq 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.

Bugun para yengil atletikachilarimiz Tolibboy Yoʻldoshev Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga toʻqqizinchi oltin medalni taqdim qilgan boʻlsa, Safiya Burxonova kumush, Temurbek Giyazov esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Hali oldinda para yengil atletika, para dzyudo, para suzish, para pauerlifting va para kanoe boʻyicha sportchilarimizning ishtiroki davom etadi.