баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    O‘zbekiston Prezidenti birodar Tojikiston yetakchisi va xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabrikladi

    Hukumat 8 Sentabr 2021 1254

    8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

    Davlatimiz rahbari birodar Tojikiston Prezidenti va xalqini mustaqillikka erishilganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

    O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    Prezidentlar joriy yilning 16-17-sentabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

    ShHTning bo‘lajak sammiti doirasida yetakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o‘tkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi.