O‘zbekiston Prezidenti Chexiya Bosh vaziri bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

    Hukumat 13 Noyabr 2024 1296

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bok-u shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim bo‘yicha konferensiyasi doirasida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    Chexiya an’anaviy ravishda mamlakatimizning Yevropadagi muhim hamkori hisoblanadi. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni 3 barobar ko‘paydi.

    Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" va aniq loyihalardan iborat sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.