Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakatimiz yetakchisini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar ertaga, 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.