Mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Milliy qonunchilikni JST me’yorlari va qoidalariga uyg‘unlashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda.
Xalqaro savdoni tartibga solish masalalarida o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralarni yakunlash va yaqin yillarda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.