Avval xabar qilinganidek, Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston – Pokiston doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida Qoʻshma deklaratsiya va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qoʻshma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.