Uchrashuv avvalida Majlis Raisi Gulshat Mammedova Oʻzbekiston yetakchisiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Milliy Kengash Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari mustahkam doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va strategik sheriklik aloqalariga asoslangan Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining bugungi yuksak darajasini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini ilgari surishda ikki mamlakat parlamentlari muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.

Parlamentlararo ittifoq, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi samarali muloqot maydonchalari doirasidagi sermahsul hamkorlikka yuqori baho berildi.