O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi.
Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Davlatimiz rahbarining Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralari hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammiti doirasidagi asosiy tadbirlari ertaga, 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.