Davlatimiz rahbarining yurtimizda va jahonda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga bildirgan munosabati, fikri va qarashlari Janubiy Koreya jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi. Qayd etish kerakki, Koreya Respublikasi jamoatchiligi, siyosiy va ilmiy doiralari vakillari ham Oʻzbekiston Prezidentining intervyusini katta qiziqish bilan oʻqimoqda.

Ushbu intervyuda mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib oʻtgan yoʻli, bugungi globallashuv jarayoni yon-atrofimizdagi va dunyodagi voqelikka teran munosabat oddiy va xalqchil tarzda, shu bilan birga keng qamrovda ochib berilgan.

“The Korea Post” tahririyati xodimlari davlatimiz rahbarining ushbu intervyusini dolzarb masalalarga nisbatan teran mushohada yuritilgan qiziqarli suhbat boʻlganini eʼtirof etmoqda, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.