Uchrashuvda olimning yaqinda oʻzbek va rus tillarida nashrdan chiqqan “Oftalmologiya” yangi ilmiy asari yosh oftalmologlar uchun kutilmagan tuhfa boʻldi.
Kitob ham ilmiy, ham ommabop boʻlib, undan oftalmologiya fani rivojiga munosib hissa qoʻshgan yurtimiz olimlari, koʻz kasalliklari sohasidagi yangi ishlanmalar toʻgʻrisida keng va batafsil maʼlumotlar oʻrin olgan.
Uchrashuvda mutaxassislar mazkur asarning ahamiyati, uning, ayniqsa, koʻz kasalliklarini erta aniqlash, tashxis qoʻyish va toʻgʻri davolashda talabalar va umumiy amaliyot shifokorlari uchun muhim qoʻllanma ekanligini alohida taʼkidlashdi.
Surxondaryoning Bobotogʻ etaklarida tugʻilib voyaga yetgan olimning serqirra ilmiy-amaliy faoliyati, qiziqarli hayotiy hikoyalari, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodining tibbiyot ilmi bilan uzviy bogʻliqligi haqidagi fikrlari, buyuk shoir ijodidan oʻqigan gʻazallari talaba yoshlarda ham havas, ham qiziqish uygʻotdi. Tadbir soʻngida yosh oftalmologlarga olimning yangi kitobi tuhfa etildi.
Gulchehra Mirzayeva,
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi