Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston 10 ta davlatga qiymati 7,0 million AQSH dollariga teng boʻlgan 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan.

Sabzi eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming tonnaga koʻp.

Oʻzbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 28,2 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 16,0 ming tonna;

Rossiya – 2,9 ming tonna;

Tojikiston – 322,5 tonna;

Belarus – 10,3 tonna.

2021-yilning 7 oyida xorijga eng koʻp sabzi eksport qilgan hududlar:

Andijon viloyati – 12,5 ming tonna;

Toshkent viloyati – 10,7 ming tonna;

Qoraqalpogʻiston R. – 5,9 ming tonna;

Fargʻona viloyati – 4,8 ming tonna.