O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 25 Avgust 2023 6656

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, samarali innovatsion loyihalar va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, respublikamizdagi keng qamrovli islohotlar va demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin:

    Gurjiy Stepan Leonidovich - Rossiya Federatsiyasi «Lukoyl» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti

    Muxammad Abunayyan - Saudiya Arabistoni Podshohligi «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi

    Muxammad Jamil Al-Ramaxiy - Birlashgan Arab Amirliklari «Masdar» kompaniyasi bosh ijrochi direktori

    Jemil Kazanji - Turkiya Respublikasi «Aksa Energy» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi

    Mexmet Jengiz - Turkiya Respublikasi «Cengiz Holding» kompaniyasi asoschisi

    Shandor Chani - Vengriya Respublikasining «OTP Bank» boshqaruvi raisi

    Seyfollax Gasemi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Air Products» kompaniyasi boshqaruvi raisi

    Peris Muratoglu - Fransiya Respublikasining «Total Eren» kompaniyasi boshqaruvi raisi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev