O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 25 Avgust 2023 6809

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, yurtimizning xalqaro maydondagi shon-shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan katta hissasi, sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgani, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, milliy, umumbashariy qadriyatlar ruhida yetuk va barkamol etib tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

    Maxsitov Baxodir - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

    G‘afurov Davron Dilmuradovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi murabbiysi

    Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati

    Yarashov Yergali Abubakirovich - Qibray tumani sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

    Abdullayev Ruslan Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    «Do‘stlik» ordeni bilan

    An Dmitriy Mixaylovich - Toshkent shahridagi «Paxtakor» futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi

    Baraban Igor Petrovich - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisining maslahatchisi

    Muminova Gyozal Baxodirovna - Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining o‘rinbosari

    Savinova Irina Aleksandrovna - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha murabbiysi

    I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Kondakova Muxabbat Bakiyevna - Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘q otish bo‘yicha murabbiysi

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

    Kiyamova Nellya Esxatovna - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

    Qobulov Nurali O‘ktamovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

    Tadjiyev Baxadir Muxitdinovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish ishlari boshqarmasi boshlig‘i

    Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Abduvaliyev Andrey Xakimovich - O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari

    Kazakova Anna Valerevna - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

    Kun Yelena - O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi

    Yusupov Nurmuxammad Tursunovich - Qorako‘l tumanidagi kurash to‘garagi rahbari, Buxoro viloyati

    «Kelajak bunyodkori» medali bilan

    Abdullayev A’loxon Ayubxon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Baratov Dilshodbek Baxtiyor o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Boymurodov Otabek Odiljonovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

    Jabborova Tursunoy Valijon qizi - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Jafarov Saidjamshid Rustam o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Jo‘rayev Oybek Odilbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Yo‘ldoshev Murodjon Quvondik o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Raxmonaliyev Umarali Maxamadali o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

    Fayzullayev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Xusanov Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    Yusupov Alisher Xalimboyevich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

    «Shuhrat» medali bilan

    Avezov Xamza Istamovich - Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘yicha murabbiysi, Buxoro viloyati

    Raximjanov Ilyas Burixanovich - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha katta murabbiysi

    Sobirov Maxkambek Umarjonovich - To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Namangan viloyati

    Sobirov Paxlavonjon Anvarjonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining taekvondo bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

    To‘ychiyev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

    Turaboyev Bekzod Saitkulovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

    Umarov Elbek Aloxiddinovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

    Xasanov Akmal Yo‘ldoshevich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev