Oʻzbekiston AQSHning mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.

“Sizning birinchi Prezidentlik davringizda Oʻzbekiston-AQSH oʻrtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilganini va koʻp qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga koʻtarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va koʻp tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz“,– deyiladi Prezidentimiz maktubida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif etdi.