Xitoy poytaxti jahon sporti tarixida ikkala Olimpiadani qabul qilgan birinchi shahar boʻladi – 2008-yilda bu yerda XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari ham oʻtkazilgan edi.
Karantin choralariga qatʼiy rioya etgan holda 4-20-fevral kunlari oʻtadigan bu galgi oʻyinlarda sportning 15 ta yoʻnalishi boʻyicha 109 ta medallar toʻplami oʻynaladi. Bu medallar uchun 90 dan ortiq mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistondan 4 mingdan ziyod sportchi bellashadi.
Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi 4-fevral kuni Pekindagi “Qush ini” milliy stadionida xorijiy davlatlar va rasmiy delegatsiyalar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtadi.
Tashrif dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.