Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Rossiya Federatsiyasi Samara viloyati “Migrantlarga yordam koʻrsatish hududiy markazi” bosh direktori S.Nujdin bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidagi Samara viloyati “Migrantlarga yordam koʻrsatish hududiy markazi” vakillari ishtirok etgan uchrashuvda Oʻzbekiston – Rossiya oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasini yana-da rivojlantirish, pandemiya sharoitida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

Joriy yil fevral oyida markazning Oʻzbekistondagi vakili A.Щyerbinin Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga tashrif buyurib, ushbu markaz filialini Oʻzbekistonda tashkil etish boʻyicha kelishuv imzolash istagini bildirgan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Samara viloyati “Migrantlarga yordam koʻrsatish hududiy markazi” oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Kelishuvda Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini Samara viloyati hududidagi korxonalarda ishlashga oldindan moslashtirish, mehnat migratsiyasi jarayoni doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa samaradorligini oshirish, mehnat migrantlari uchun xizmatlarning xavfsizligi va sifatini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi nazarda tutilgan.