17-iyul kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat konserni Rossiyadan yangi elektrovozlarni olib keldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

“Toshkent-Markaziy” vokzalida “Yermak” tipidagi ikkita yangi uch seksiyali elektrovoz, MULTI TASKER KRC 1200UZ rusumli koʻp funksiyaga ega kranli mexanizm hamda TEM2-6606 rusumli lokomotiv namoyish etildi.

Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatni tashkil etadi. Harakatdagi minimal tezlik - 49,9 km/soat, eng yuqori tezlik - 110 km/soat.

Taqdimot marosimida, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ lokomotiv parkidagi yangilangan (modernizatsiya qilingan) ikkita lokomotiv ham taqdim etildi.

“Ular depodagi birinchi kapital taʼmirdan chiqqan poyezdlar sanaladi”, deydi elektrovoz haydovchisi Vostreykin Vladimir.