Biennale doirasida ijtimoiy dastur tashkil etish rejalashtirilgan. U munozaralar, musiqiy chiqishlar, fil`mlar namoyishi va mahorat darslarini o'z ichiga oladi.
Shuningdek, an'anaviy cholg'u asboblari jo'rligida “O'lim minorasi” (1924) ovozsiz fil`mi, “Al-Buxoriy” (1998) fil`mi ham namoyish etiladi, kulolchilik va so'zana bo'yicha mahorat darslari va boshqa ko'plab tadbirlar tashkil etiladi.