Bunda epidemiologik vaziyat notinch boʻlgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yoʻlovchilardan COVID-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda faqat PZR (polimer zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, koʻrsatgich manfiy deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etish talab etiladi. Maʼlumotnoma ingliz yoki rus tillarida boʻlishi lozim.
“Sariq” hududdan keluvchi yoʻlovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga COVID-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi maʼlumotnomasini taqdim etishi kerak.