O'zbekiston SVT turizm targ'iboti uchun maxsus sayt ishlab chiqildi

    Turizm 15 Iyun 2020 6156

    O'zbekiston SVT (Community Based Tourism – Hamjamiyatlarga asoslangan turizm) reklama targ'iboti uchun maxsus www.cbtuzbekistan.uz sayti ishlab chiqildi. Unda oilaviy mehmon uylari haqida batafsil ma'lumot va ularning joylashuviga oid interfaol xarita mavjud.

    Iste'molchilar uchun qulay logistika hamda sayt ekotizimi O'zbekistonning qishloq joylarida dam olish uchun eng munosib variantni topish imkonini beradi.

    Turizmni rivojlantirish qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, sayt O'zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (XSTU) tomonidan ishlab chiqilgan va yuritiladi. Foydalanuvchilar qulayligi uchun www.cbtuzbekistan.uz saytida oilaviy mehmon uylaridan tashqari, mamlakatning etakchi operatorlari tomonidan ishlab chiqilgan SVT-marshrutlar ham joylanadi.

    — Muayyan joy bo'yicha jozibador imij va qiziqarli marshrutlarning mavjudligi alohida bir hududda raqobatbardosh turistik sektorning shakllanish imkonini yaratadi. Biroq hududning turistik salohiyatini kashf qilishning o'zigina etarli emas. Zamonaviy dunyoda eng muhimi turistik resurslarning to'g'ri ommalashtirilishidir. SHunday ekan, www.cbtuzbekistan.uz saytining missiyasi shu muhim vazifani echishdan iboratdir, — deydi XSTU raisi Gulchehra Isroilova.

    SHuningdek, O'zbekiston SVT turizmini targ'ib qilish maqsadida oilaviy mehmon uylarining logotipi ishlab chiqildi, bu mamlakat qishloq xo'jalik turizmi ramzini shakllantirish imkonini beradi. Asosiy vazifa O'zbekistonning mehmondo'stligi hamda SVT turizm yo'nalishini aks ettiruvchi Hospitality Uzbekistan uslubini ishlab chiqishdan iboratdir. SVT (Community Based Tourism) ichki va tashqi turizmni rivojlantirish yo'nalishlaridan biri bo'lib, nisbatan yangi va istiqbolli yo'nalish hisoblanadi.

    Evropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun agro va ekoturizmni biznes uyushmalar orqali kuchaytirish” loyihasini samarali amalga oshirish maqsadida yurtimizda O'zbekiston SVT turizmining marketing targ'ibotiga yo'naltirilgan chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi. Tayyorlangan axborot mahsulotlari ko'lami keng bo'lib, bular logotip, veb-saytlar, lug'atlar va oilaviy mehmon uylari egalari uchun qo'llanmalardan iboratdir.

    Ma'lumot uchun: O'zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi turoperatorlar, mehmonxona biznesi va mehmon uylari vakillarini birlashtiradi. XSTUning vazifasi O'zbekistonning turizm sohasini rivojlantirishga yo'naltirilgan sa'y-harakatlarni birlashtirib, o'z a'zolari va biznesni rivojlantirishdagi hamkorlari manfaati, shuningdek ularning boshqaruv xususiyatlarini rivojlantirishga oid tashabbuslarni ilgari surishdan iboratdir.