Oʻzbekiston Logistikasi uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi koʻmagida yangi “Oʻzbekiston omborxonalari va Logistik markazlari” www.skladi.uz raqamli platforma yaratdi.

Raqamli platforma zamonaviy texnologiyalarga asosan tuzilgan va Oʻzbekiston omborxonalari va Logistik markazlarining xizmatlariga kundan-kunga oʻsib borayotgan talablarni qondirishga yoʻnaltirilgan.

Raqamli logistika — “Oʻzbekiston omborxonalari va Logistik markazlari” butun respublika hududi boʻylab harakatdagi logistik markazlarning joylashuv manzillari haqidagi axborotlarni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekistonlik va chet ellik tadbirkorlar omborxona yoki logistik markazning tovarlar nomenklaturasi boʻyicha ixtisosi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va tez ayniydigan ozuqa mahsulotlari uchun sovitkich omborxonalar haqida maʼlumot olishi mumkin boʻladi.

Shuningdek, omborxona, omborxona uskunalari va yuk yuklovchi-tushiruvchi texnikalarning sotuvi, ijarasi va xaridini, koʻzda tutuvchi “maxsus taklif”, hamda saqlash uchun arizalar qabul qilish alohida funksiyasi koʻzda tutilgan.

Portalda “ishlab chiqaruvchilar katalogi” boʻlimi mavjud boʻlib, unda omborxona uskunalar va texnikalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya va tashkilotlar roʻyxati, shuningdek ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar nomenklaturasi joylashtirilgan.

Mazkur platforma omborxona va logistik markazlar egalari manfaatlariga (yuk tushirish va yuklash uchun boʻsh maydonlarni koʻpaytirish), hamda ishlab chiqaruvchilar va omborxona uskunalari va texnikasining sotuvini amalga oshiradigan savdo kompaniyalarga ham birdek xizmat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston logistik Uyushmasi milliy va xorijiy tadbirkorlarni Oʻzbekiston omborxonalari va Logistik markazlari” raqamli platformasi ishi boshlanishi haqida xabardor qiladi va www.skladi.uz da roʻyxatdan oʻtkazishni, shuningdek kompaniya haqida, omborxona xizmatlari va omborxona uskunalari va texnika ishlab chiqarish haqida bepul maʼlumot joylashtirishni taklif qiladi.