Poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan “Daniel Hil Hotel” konferens zalida oʻtkazilgan konferensiyada koʻrilgan asosiy masalalardan biri - bu assotsiatsiyaga yangi rahbar saylash edi.
Konferensiyada dastlab Oʻzbekiston taekvondo ITF assotsiatsiyasining soʻnggi 5 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan rahbariyat hamda viloyat boʻlimlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasiga yangi prezident saylash jarayoni boshlandi. Konferensiya ishtirokchilari ushbu lavozimga Xasanov Laziz Saydivaliyevich nomzodini tavsiya qilishdi va nomzod bir ovozdan maʼqullandi.
Shuningdek, Konferensiyada assotsiatsiyaning hududiy boʻlimlari rahbarlari hamda assotsiatsiyaning vitse-prezidentlari ham 5 yil muddatga qayta saylandi.
Yigʻilish yakunida assotsiatsiyaning 2021-yilda rejalashtirilgan ishlari bilan tanishtirildi va bu borada viloyat boʻlimi rahbarlari, vitse-prezidentlariga tegishli koʻrsatmalar berildi.