Turkiyaning teatr sohasidagi eng nufuzli «TIYATRO» gazeta-jurnalining 2020 yil sentyabr` sonida, taniqli jurnalist, san'atshunoslik fanlari nomzodi Oybek Veysal o'g'lining Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri direktori O'tkir Mahmatqulov bilan keng ko'lamli suhbati chop etildi.

       Interv`yuda 100 yildan ortiq o'tmishga ega bo'lgan o'zbek professional teatr tarixi, Mustaqillik yillariga kelib yangi davrni boshlanganligi, Respublika teatrlarida milliy g'oya, istiqlol mafkurasi, buyuk tarix va ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qo'shgan ulkan hissasi, teatr sahnasidan erkin muloqot qilish imkoniyati paydo bo'lganligi xususida fikr yuritilgan.

      Turkiyaning «TIYATRO» gazeta-jurnalidagi katta maqola yurtimiz Mustaqilligining 29 yilligini nishonlashda o'ziga xos tuhfa bo'ldi.