Turnirda Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiya vakillari ikki davradan iborat konkur yoʻnalishida bahslashdi.
Jamoaviy bahsda sportchilarimiz Aʼzam Toliboyev, Oqil Sobirjonov hamda yosh va umidli chavandozlar – Abdurahmon Abdullayev, Dilshod Shokirov kabi tajribali sportchilar ishtirok etishdi.
Birinchi turdan soʻng musobaqa mezboni Oʻzbekiston terma jamoasi peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston va Qirgʻiziston jamoalari boʻlishdi, biroq ikkinchi bosqichda qozogʻistonliklar qirgʻizistonlik raqiblarini ortda qoldirdi. Chavandozlarimiz esa peshqadamlikni saqlab qolishdi.
Gʻolib sportchilarimiz sharafiga davlatimiz madhiyasi yangrab, bayrogʻimiz baland koʻtarildi.