Tadbirda 40 ga yaqin davlatdan 1200 dan ortiq mehmonlar va 600 dan ortiq kompaniyalar qatnashdi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi loyihalar monitoringi bo‘limi boshlig‘i Doniyor Habibullayev ko‘rgazma doirasida  “Rabobank” loyiha menejeri Julyet Xensgens va Niderlandiya taraqqiyot bankining (“FMO”) investitsiyalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Feliks Potishman bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Rabobank” Niderlandiya banki bo‘lib, bundan 125 yil avval tashkil etilgan. Ushbu  moliya muassasasi asosan agrosanoat va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan. Bankning 38 mamlakatda vakolatxonalari mavjud.

Niderlandiya taraqqiyot banki (“FMO”) rivojlanayotgan bozorlardagi xususiy investitsiya loyihalarini moliyalashtiradi. Mazkur bank 1970 yilda tashkil etilgan va davlat-xususiy sheriklik loyihasi hisoblanadi.

Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, o‘zaro aloqalarni yana-da  chuqurlashtirish, axborot almashish, Niderlandiya banklari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan aniq takliflar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.