Londonda Oʻzbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yoʻnalish sifatida tan olindi

    Turizm 9 Noyabr 2024 969

    Londondagi dunyoga mashhur “Tate Modern” koʻrgazma galereyasida “Wanderlust Reader Travel Awards 2024” marosimi boʻlib oʻtdi.

    Bu Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Buyuk Britaniyaning sayyohlari orasida mashhur boʻlgan, turizm mavzusini yoritishga ixtisoslashgan “Wanderlust” jurnali oʻquvchilarining fikricha, Oʻzbekiston “Eng orzu qilingan rivojlanayotgan manzil« («Most Desirable Emerging Destination”) nominatsiyasida gʻolib deb topildi va mukofot bilan taqdirlandi.

    Eʼtiborlisi, ushbu nominatsiyada 10 ta davlat daʼvogarlik qildi va yakunda bosh sovringa Oʻzbekiston munosib koʻrildi.

    1993-yildan buyon chop etib kelinayotgan “Wanderlust” jurnali dunyodagi yetakchi sayyohlik bosma nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnal bosma shaklda va elektron formatda oʻquvchilarga taqdim etiladi.