Tadbirda, shuningdek, Turkiya madaniyat va turizm vaziri M.ersoy, Qozog'iston madaniyat va sport vaziri A.Raimkulova, Qirg'iziston madaniyat, axborot va turizm vaziri A.Jamankulov hamda boshqa TTDHK mamlakatlarining turizm tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishadi.
Unda “COVID-19” pandemiyasi sharoitida hozirgi kundagi turizm sohasining holati, sohada pandemiya keltirib chiqargan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo'yicha mamlakatlarning tajribasi, Turk kengashiga a'zo davlatlar o'rtasida sayyohlik almashinuvini tiklash chora-tadbirlari,
Kengashga a'zo davlatlarning sayyohlik yo'nalishlarini ilgari surish loyihalari va tashabbuslar muhokama qilinadi.
SHuningdek, tadbir davomida “Zamonaviy Ipak yo'li” qo'shma turistik mahsulot loyihasiga O'zbekistonning shaharlari va manzillarini kiritish hamda TTDHK Turizm masalalari bo'yicha vazirlarning navbatdagi VI yig'ilishini 2021 yil O'zbekistonda o'tkazish masalasi ham ko'rib chiqiladi.