Turkiya parlamenti deputati Ismet Uchma rahbarligidagi delegatsiya tarkibiga Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Turkiya parlamenti vakillari ham kiritildi.

Tomonlar Turkiy kengashga aʼzo-davlatlar hamda Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni, shuningdek Oʻzbekiston parlamentining Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi bilan hamkorligini kuchaytirish masalasini muhokama qilishdi.

I. Uchma Oʻzbekiston avval boʻlgani kabi hozirgi kunda ham turk dunyosida alohida oʻrin tutishini qayd etdi. Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi Oʻzbekiston bilan barcha yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikka tayyor ekanini taʼkidladi.

S. Safoyev, oʻz navbatida, Oʻzbekiston ham Turkiy kengash bilan hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratayotganini qayd etdi. Oʻzbekiston parlamenti turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi bilan aloqalarni yana-da mustahkamlash niyatida ekanini taʼkidladi.

S. Safoyev Oʻzbekiston kelgusida turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga aʼzo boʻlish boʻyicha qaror qabul qilganini aytib oʻtdi.