Tashrif chog'ida, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo'linmasi ijodiy jamoasi bilan hamkorlikda Osiyo xalqlari o'rtasidagi mavjud madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, yangi madaniy loyihalar yuzasidan hamkorlik qilish, o'zaro tajribalar almashish, xalqaro davlatlar hamkorligida  Andijon viloyatida “Madaniyat va San'at” festivalini o'tkazish kabi masalalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar uchun Andijon shahrining diqqatga sazovor joylari hamda ziyoratgohlariga sayohat tashkil etildi.

Sayohatdan so'ng esa mehmonlar O'zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo'linmasining ijodiy jarayonlari bilan tanishib, bo'linma qoshida faoliyat olib borayotgan ansambl ijodkorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar sharafiga tashkil etilgan madaniy tadbir barchaga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi, deya xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.