Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati oldidan Urugvayda soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini oʻtkazadi.

Ravshan Haydarov shogirdlari yigʻin doirasida urugvaylik tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi, deya xabar qilmoqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Oʻyin shu yilning 13-may sanasida boʻlib oʻtishi reja qilingan.