Oʻzbekiston terma jamoalarining dunyoning yetakchi futbol jamoalari bilan bahslashishi keyingi yillarda odatiy voqeaga aylanib bormoqda. Kecha Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi sentyabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib, AQSH va Meksika termasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi haqida xabar bergan edik.

Bugun OʻFA matbuot xizmati yana shunday bir xabar tarqatdi. Shu yilning 13-oktyabr kuni  Temur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya jamoasi Ispaniya yoshlariga (U-21) qarshi oʻrtoqlik bahsida maydonga tushadi. Oʻyin Toshkentda boʻlib oʻtadi.