Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish hamda ikki mamlakat turizm sohasi vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar turizm sohasidagi marketing tadqiqotlari va statistik ma’lumotlar, shuningdek, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan asosiy tendensiyalar bo‘yicha muntazam axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Muzokaralarning davomida Toshkent va Manama shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Tomonlar turizm sohasi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘zaro infoturlar hamda press-turlar tashkil etish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Bahrayn tomoniga 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘lida turizm" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida, shuningdek, 2027-yilni Barqaror va yashovchan turizm xalqaro yili deb e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish taklif etildi.