Dastlab mehmonlarga Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuvda Tuyya Braks Xelsinki universiteti huzuridagi Qonun ustuvorligi markazi faoliyatiga toʻxtalib, uning asosiy yoʻnalishi sifatida rivojlanish sari harakat qilayotgan mamlakatlarga oʻzlarining tajribalari asosida huquqiy yordam koʻrsatish ekanligini taʼkidladi. U oʻz fikrini davom etar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Markazning asosiy hamkorlaridan biri ekanligini qayd etdi.
Oʻzaro muloqot davomida Oʻzbekiston va Finlyandiyadagi Ombudsman institutlari oʻrtasidagi hamkorlikning muhim yoʻnalishlari belgilab olindi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.