Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov maktubida Oʻzbekiston Koreya Respublikasi bilan izchil va ishonchli munosabatlarni qadrlashi, bu esa yaqin doʻst va vaqt sinovidan oʻtgan hamkor sifatida qaralishi qayd etilgan.

“Oliy darajada, parlamentlar, hukumatlar, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida yaqin siyosiy muloqot yoʻlga qoʻyildi... Mamlakatlarimiz xalqaro tashkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qiladi, mintaqaviy va global masalalarga yondashuvlar oʻxshash”, — deyiladi Oʻzbekiston TIV rahbari maktubida.

Oʻz navbatida, Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chon Iy Yon mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar alohida strategik sheriklik ruhida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa koʻplab sohalarda jadal rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladi.
***
Oʻzbekiston-Koreya hamkorligining huquqiy asosini 197 ta hujjat tashkil etadi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻmitaning 11 ta yigʻilishi va tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 14 ta davrasi oʻtkazildi.