Muloqot avvalida O‘mon vakili O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan joriy yilning o‘tgan olti oyida erishgan muvaffaqiyatli iqtisodiy ko‘rsatgichlar bilan tanishtirildi. «Asyad Group» ning nafaqat O‘monda, balki butun Ko‘rfaz davlatlaridagi mavqyei va salohiyatidan kelib chiqib, O‘zbekistonga investitsiya kiritish hamda mamlakatimizdagi logistika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish taklifi bildirildi.
Kompaniya ijrochi direktori Abduraxman al-Xatmi yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e’tirof etish barobarida o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida «Asyad Group» kompaniyasi rahbarining O‘zbekistonga ishchi safarini uyushtirishga kelishildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.